“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo`lga qo`yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–14-son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi
Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
-boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (56 573 nafar);
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yagona ro`yxati (jami 69 ta, shundan vazirliklar – 21 ta, qo`mitalar – 12 ta, agentliklar – 25 ta, inspektsiyalar – 11 ta).
Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilib, ularning byudjetdan tashqari jamg`armalari mablag`lari hisobidan qo`shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
Shuningdek, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo`mitalar, agentliklar va inspektsiyalarda tarkibiy bo`linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar tasdiqlandi.
Jumladan, rahbar xodimlar va ijrochilar nisbati markaziy apparat bo`yicha kamida 1/3 nisbatda bo`lishi lozim.
Vazirlarning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo`naltirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta’minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilinishi mumkin.
Markaziy apparatlarda quyidagi tarkibiy bo`linmalar (lavozimlar) tashkil etilishi majburiy hisoblanadi:
strategik rejalashtirish va metodologiya;
▫-jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari);
▫-inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish;
▫-axborot tahlil va ijro intizomi;
▫-murojaatlar;
▫-axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish;
▫-yuridik ta’minlash;
▫-korruptsiyaga qarshi kurashish;
▫-moliya-iqtisod;
▫-xalqaro hamkorlik va reytinglar;
▫-birinchi bo`lim.
Farmonga ko`ra shuningdek, vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident hujjati loyihasi ishlab chiqiladi.
Pop tuman adliya bo`limi