Янгиликлар

Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bosqichlari, Aholini roʻyxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatlari va bu tadbir bizga nima beradi?
17.04.2024
Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo davlatlar har 10 yilda aholini ro‘yxatdan oʻtkazishlari orqali aholi soni, yoshi, jinsi, maʼlumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turar- joyi va yashash sharoitlari kabi savollarga javob berishi kerak boʻladi. Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish ishlari keng qamrovli tadbir boʻlib, ketma-ket xamda bir vaqtning oʻzida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin boʻlgan bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Birinchi bosqichda Aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlar tayyorlanadi, roʻyxatga olish tadbiri dasturini, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish, uning natijalarini olish va eʼlon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi, xar bir roʻyxatga oluvchilarni oʻz xududi boʻyicha xaritalar bilan taʼminlanadi Xar bir xonadon raqamlanishi va koʻchalar nomlanishi amalga oshiriladi. Shuningdek, roʻyxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki maʼlumotlarning toʻgʻriligiga bevosita masʼul boʻladilar va shakllantirilgan maʼlumotlar xaqqoniy boʻlishi shart. Bu jarayonga voyaga yetgan yoshdagi va muomila layoqatiga ega boʻlgan shaxslar jalb etilishi mumkin. Birinchi navbatda, Prezident huzuridagi statistika agentligi va uning hududiy organlari xodimlari, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar va umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari, shuningdek, boshqa toifadagi shaxslar ham, mazkur jarayonda ishtirok etishga rozi boʻlgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin. Tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda roʻyxatga oluvchi xodimlarni oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi va zarurat tugʻilsa, ularga qoʻshimcha maslahatlar beriladi. Ikkinchi bosqichda bevosita aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi, ya’ni aholi toʻgrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi. Uchinchi boskichda axolini roʻyxatga olish tadbiri natijalarini eʼlon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi. Aholini roʻyxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatlari va bu tadbir bizga nima beradi? Xalqaro tajribaga asosan, aholi soni boʻyicha aniq va yaxlit maʼlumotlar aholini roʻyxatga olish asosida olinadi. Aholini roʻyxatga olish yakunlariga qarab oʻtmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin buladi. Aholini roʻyxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi? Birinchidan, aholi soni, yosh tarkibi, jinsi, chet el fuqarolari va fuqarolarik bo‘lmaganlar soni, aholini yashash sharoitlari va umumiy demokrafik ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritiladi. Ikkinchidan, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi. Uchinchidan, aholi punktlarining infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi. Aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar qaysi moliyaviy manbalar hisobiga qoplanadi? Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasiga muvofiq aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi va boshqa masʼul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender xujjatlarini rasmiylashtirish natijalari boʻyicha aniqlanadi.  

Ишонч телефонлар

Сўровнома

Интинтерактив давлат хизматлардан фойдаланишдан мақсадингиз?

Бугун эрта тонгдан Тўда қишлоғи аҳлининг байрамона кайфияти икки ҳиссага ортди. Сабаби туманнинг 3 сектор ҳудудидаги ушбу қишлоғда 2 миллиард 778 миллион маблағ эвазига барча шароитларга эга бўлган замонавий таълим даргоҳи фойдаланишга топширилди.

Маросимда вилоят Халқ таълими бошқармаси бошлиғи Рустамжон Исроилов, туман сектор раҳбарлари, қишлоқ нуроний оқсоқоллари ва ҳудуд ёшлари иштирок этишди.

Мактаб замонавий тус олганлиги билан биргаликда, ўқувчиларнинг бўш вақтини мазмунли ташкил қилиш, уларни касб-ҳунарларга йўналтириш, чуқур билим олишига йўналтирилган ўнлаб таълим, спорт, санъат, ҳунармандчилик йўналишларидаги тўгараклар фаолияти учун шароит яратилди.

Тадбир давомида туман ҳокими Аъзамжон Султанов йиғилганларни муборак 30 йиллик шонли сана билан қутлаб таълим даргоҳига таклиф қилди.

Фото галерея

Видео галерея