Yosh kelin-kuyovlarni oilaviy xayotga tayyorlash.

Oila jamiyatning asosiy bo`gini bo’lib, har bir inson shu oilada tug`iladi va kamol topadi. Insonning qanchalik barkamolligi va baxtliligi shu oilaning mustaxkamligi va sog`lomligiga bo`gliqdir. Turmush qurib yangi “Jamiyat” deb atalmish oilaga qadam bosayotgan yosh kelin-kuyovlar nafaqat bir-birlari o`stirib voyaga yetkazgan ota-onalari, bo`lajak farzandlari, qolaversa butun jamiyat oldida ulkan ma`suliyatni o`z zimmalariga oladilar.

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Pop tumani 1-sonli FHDY bo`limi tomonidan yangi oilga qadam bosayotgan kelin-kuyovlar bilan umumiy va alohida davra suxbatlari olib borildi. Suhbatda, Pop tumanidagi imom xatibi va otin oyilari ishtirok etib yoshlarga oilaning muqaddasligi er va xotinning bir-birlari oldidagi ma`suliyatlari, tuylardagi isrofgarchiliklar, millatimiz mentаlitetiga yot bo‘lgan illatlardan uzoqlashish, qaynona-kelin munosabatlari haqida tavsiyalar berildi.








